Imzo kompaniyasi “Yashil Toshkent” tashabbus loyihasida ishtirok etdi.
01.04.2024
Ushbu tashabbus 2024 yil 30 martda amalga oshirildi. Loyiha doirasida Xayot tumani “Yangi turmush” mahallasida 100 tupdan ortiq daraxt va ko‘plab buta ko‘chatlari ekildi. Shuningdek, hudud aholisining maroqli hordiq chiqarishi uchun bolalar maydonchalari jihozlanib, yangi o‘rindiqlar o‘rnatildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad shahar ekologiyasiga hissa qo‘shish, ko‘chat va butalar ekish orqali poytaxtimiz aholisi uchun yashil hududlarni ko‘paytirishdan iborat edi. Shu kuni 100 dan ortiq Imzo xodimlari ushbu tashabbus loyihasida faol ishtirok etishdi. Korxona jamoasi “Yashil Toshkent” loyihasi doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi
So‘nggi yangiliklar

23.09.2026
IMZO yangi texnologik liniyani ishga tushirdi: 6000 × 3000 mm gacha bo‘lgan Jumbo o‘lchamdagi shisha paketlar

23.09.2026
Suriya Arab Respublikasidan tashrif buyurgan tadbirkorlar delegatsiyasi IMZO fabrikasiga tashrif buyurishdi.

06.07.2026
Engelberg BKH65 surilma tizimi — estetika, nafislik va ishonchlilik uyg'unligi.
Biz bilan bog‘lanish
Kontakt ma'lumotlar
Savollaringiz bormi? Biz bilan bog‘laning yoki murojaatingizni qoldiring. Menejer siz bilan bog‘lanadi!
