Andijon
Manzil: Andijon sh., Nayman ko‘chasi, 5
- Umumiy maydoni: 23 400 m2
- Ishlab chiqarish maydoni: 12 200 m2
- Xodimlar soni: 70
- Ochilish sanasi: 15.06.2022
- Andijonda rasmiy shourumlar soni: 4 ta
Korxonada ommabop mahsulotlar ishlab chiqarish bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda. Unda alyumin va PVX profillardan yasalgan deraza va eshiklar, rollet va fasad tizimlari ishlab chiqariladi.
Korxonaning ishlab chiqarish maydoni 12 200 kvadrat metr bo‘lib, maksimal ishlab chiqarish hajmini yiliga 180 000 kvadrat metrni tashkil etishi mumkin. Bu yerda 70 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Korxonada Germaniya, Turkiya va Iyaliyadan olib kelingan Kaban ,Schtec, Bottero, North Glass , Shenzhen Handong Glass Equipment Manufacturing , BEST MAKİNA , DALGAKIRAN COMPRESSOR, АТЛАНТ ФОРТУНА , Atlanta Stretch SpA, OEMMEE kabi ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy uskunalarini o'rnatilgan.
Texnologik jarayonning barcha bosqichlarida qat’iy sifat nazorati mavjud. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar majburiy sinovdan o‘tkazilib, bu hududdagi iste’molchilarning sifatli, hamyonbop mahsulotga bo‘lgan talablarini to‘liq qondirish imkonini bermoqda.
Yangi ochilgan franshiza loyihasi sheriklarga nafaqat ushbu brendning nufuzli obro‘siga ega bo‘lish imkoniyatini, balki keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlanadigan biznesni boshqarish bo‘yicha batafsil qo‘llanmalarni, shu jumladan, marketing, IT va HR yo‘nalishlaridagi tajribalar, tayyor hujjatlar va franshiza intellektual mulkini ham olishini anglatadi.
Kutilayotgan loyihalar
Biz bilan bog‘lanish
Kontakt ma'lumotlar
Savollaringiz bormi? Biz bilan bog‘laning yoki murojaatingizni qoldiring. Menejer siz bilan bog‘lanadi!