Kompaniya tarixi
IMZO 2016-yil aprel oyida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab 70 dan ortiq rasmiy va hamkorlikdagi shourumlar hamda 7 ta o‘ziga xos franchayzing shourumlariga ega. Yaqin kelajakda yana 3 ta franchayzing shourumining ochilishi rejalashtirilgan. Kompaniyaning bunday jadal rivojlanishi mahsulotlarimiz bozor talablariga javob berayotganini ko‘rsatadi.
IMZO – O‘zbekistondagi yirik ixtisoslashgan deraza fabrikasi. Fabrika 160 000 kv.m hududda joylashgan bo‘lib, ishlab chiqarish maydoni 70 000 kv.m ni tashkil etadi. Bu nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda shu darajadagi yagona deraza fabrikasidir.
IMZO brendi sifat va premium mahsulot konsepsiyasini o‘zida mujassam etgan. Biz faqat ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda, iste’molchilarimizga eng yuqori sifatli mahsulotlarni taqdim etishga intilamiz. Muvaffaqiyatli brend yaratish uchun ishonch asosini shakllantirish zarur. Ushbu ishonchni faqat yagona kommunikatsiya tizimini saqlagan holda qurish mumkin. Biz har bir mijozimizni qadrlaymiz va uning istaklarini qondirishga doimo tayyormiz.

IMZO fabrikasining ishlab chiqarish jarayoni
IMZO fabrikasining ishlab chiqarish jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan. Barcha parametrlar maxsus dasturiy ta’minot orqali kompyuter tizimi tomonidan belgilab boriladi va nazorat qilinadi. Aynan shu jarayon deraza ishlab chiqarishda beqiyos afzallik bo‘lib, yuqori aniqlik, samaradorlik va ishlab chiqarish quvvatining oshishini ta’minlaydi.
Tezlik – IMZO fabrikasida tayyor derazalar uzluksiz konveyer tizimida ishlab chiqariladi. Bir ish smenasida 2500 tagacha mahsulot ishlab chiqarish mumkin. Endi derazalarni uzoq kutish tarixga aylandi!
Xizmat – IMZO shourumlarining tajribali mutaxassislari mijozlarga deraza tanlash, hisob-kitob qilish, o‘lchov olish va buyurtma rasmiylashtirishda yordam beradi. Yuklash va tashish texnologiyasining barcha jihatlari hisobga olinib, mahsulot yetkazib beriladi va malakali ustalar tomonidan qisqa vaqt ichida deraza konstruksiyasi o‘rnatiladi.
Sifat – Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish liniyalarida kesish, payvandlash va yig‘ish jarayonlarining barchasi kompyuter tizimi tomonidan nazorat qilinadi. Bu esa har bir ishlab chiqarish bosqichini aniq sozlash imkonini beradi va deraza-eshik tizimlarining ko‘p yillar davomida sifatli ishlashini kafolatlaydi.

IMZO siyosati
IMZO fabrikasi – (MCHJ «AKFA ASSEMBLY») – Oʻzbekiston Respublikasi uchun dolzarb va noyob loyiha. IMZO fabrikasi har qanday oʻlcham va murakkablikdagi deraza va eshik konstruksiyalarini ishlab chiqarish sohasida texnologik yutuq hisoblanadi.
Bizning missiyamiz – qurilish segmentida yangi standartlar va trendlarni yaratish. Sanoatlashtirishning rivojlanishiga mas'uliyat bilan yondashish. An’anaviy biznes yuritish usullarini va o‘zaro hamkorlik tamoyillarini o‘zgartirish. Kompaniyaning samaradorligini doimiy ravishda oshirish orqali mijozlarimiz, xodimlarimiz, hamkorlarimiz va jamiyatimiz manfaatlari yo‘lida ishlash.
Biz korxonamiz tashkil etilgan kundan boshlab maqsadli ravishda amalga oshirib kelayotgan strategik vazifamiz – taklif qilinayotgan mahsulotlarning yuqori sifatini ta’minlash, qulay xizmat va eng talabchan mijozlar ehtiyojini qondira oladigan malakali xizmat ko‘rsatishdir.

Strategik vazifa
Strategik vazifani amalga oshirish uchun korxona rahbariyati rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini belgiladi:
- Mijozlarning hozirgi va kelajakdagi talablarini tizimli ravishda tahlil qilish, shuningdek, mahsulot sifatidan qoniqish darajasini o‘rganish;- Mahsulotlarimiz uchun yangi bozorlarni o‘zlashtirish, mavjud bozorlarni saqlab qolish va kengaytirish;
- Mahsulot sifatiga nisbatan iste’molchilar oldidagi mas’uliyatni oshirish;
- Korxona xodimlarining barcha darajalarda malakasini oshirish, ayniqsa, ularning vakolat va sifat sohasidagi javobgarligini kengaytirish;
- Bo‘limlar o‘rtasidagi kommunikatsiyalarni yaxshilash va xodimlarning kompaniya muvaffaqiyatiga bo‘lgan jalb etilishini oshirish.
MCHJ «AKFA ASSEMBLY» rahbariyati belgilangan talablarni bajarish, ushbu sifat siyosatini amalga oshirish, barcha xodimlarning uni tushunishi va qo‘llab-quvvatlashini ta’minlash bo‘yicha to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Shuningdek, sifat menejmenti tizimini doimiy ravishda saqlash, rivojlantirish, yaxshilash va natijadorligini oshirish majburiyatini oladi

Muvofiqlik sertifikati
Ushbu sertifikat MCHJ «AKFA ASSEMBLY»ning sifat menejmenti tizimi ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga mos kelishini tasdiqlaydi.
Sertifikat tashkilot jarayonlarining belgilangan talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi audit natijasiga asosan berilgan bo‘lib, yorug‘lik o‘tkazuvchi konstruksiyalar ishlab chiqarish sohasida qo‘llaniladi.
Kompaniyamiz mahsulotlarning yuqori sifatini kafolatlaydi, qat’iy boshqaruv standartlariga rioya qiladi va jarayonlarni uzluksiz takomillashtirib boradi. Sifat menejmenti tizimining joriy etilishi korxona samaradorligini oshirishga, mijozlar va hamkorlar ishonchini mustahkamlashga hamda O‘zbekistonda sanoatlashtirish jarayonini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Sertifikat belgilangan muddat davomida amal qiladi va tashkilotning ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatishning barcha bosqichlarida sifatni ta’minlashga sodiqligini tasdiqlaydi.

Biz bilan bog‘lanish
Kontakt ma'lumotlar
Savollaringiz bormi? Biz bilan bog‘laning yoki murojaatingizni qoldiring. Menejer siz bilan bog‘lanadi!