Kompaniya haqida

IMZO 2016-yil aprel oyida tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda O‘zbekistondagi eng yirik rom ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Bugungi kunda IMZO O'zbekiston Respublikasi...

Batafsil
Kompaniya haqida

Karyera

Biz faoliyatni endi boshlayotgan ham, malakali mutaxassislaimizga ham katta "karyeraviy o‘sish" imkoniyatlarini taqdim etamiz. Hozirgi tajribangiz yoki malaka darajangizdan qat'i nazar,...

Batafsil
Karyera
Nukus

Nukus

Manzil: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, "Janbozor" MFY, Janubiy sanoat zonasi

  • Umumiy maydoni: 25 000 m2
  • Ishlab chiqarish maydoni: 7 500 m2
  • Xodimlar soni: 90
  • Ochilish sanasi: 06.12.2021
  • Rasmiy shourumlar soni: Nukusda - 2 ta, Xorazmda - 2 ta, Hazoraspda - 1 ta

6-dekabr kuni Nukus shahrida IMZO zavodi ochildi. Yangi korxona ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda savdo aloqalarini kengaytirish imkoniyatini beradi.

Ishlab chiqarish jadalligini rivojlantirish va kengaytirish strategiyasiga muvofiq Imzo kompaniyasi Nukus shahridagi birinchi hududiy zavodni ishga tushirdi.

Yangi ishlab chiqarish bazasi logistika harajatlarini qisqartirish, IMZO mahsulotlariga o‘sib borayotgan talabni qondirish va ishlab chiqarish muddatini qisqartirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston poytaxtidagi ishlab chiqarish bazasi Turkmaniston va G‘arbiy Qozog‘istonga Imzo eshik va rom konstruksiyalarining barcha turlarini yetkazib beradigan logistika markaziga aylanadi.

Nukusdagi yangi zavodning ishlab chiqarish maydoni 7 500 kvadrat metrni tashkil etadi, maksimal ishlab chiqarish quvvatini yiliga 300 000 kvadrat metrgacha oshirish imkoniyati mavjud.

Korxonada Germaniya, Turkiya, Italiyaning Schtec, Lisec, Intermac, Kaban, Glaston kabi ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy uskunalari o‘rnatildi. Fabrikada 265 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Nukusdagi zavodda alyuminiy va PVX profillardan deraza va eshik tizimlari, rollet va fasad konstruksiyalari ishlab chiqariladi. Texnologik jarayonning barcha bosqichlarida qat’iy sifat nazorati yo‘lga qo‘yilgan va mahsulot turli sinovlardan o‘tkaziladi, bu aholining sifatli mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini to‘laqonli qondirish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Nukusdagi korxona Imzo O‘zbekiston bo‘ylab ochishni rejalashtirayotgan 15 ta hududiy bazadan birinchisi bo‘ldi.

Kutilayotgan loyihalar

Biz bilan bog‘lanish