Kompaniya haqida

IMZO 2016-yil aprel oyida tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda O‘zbekistondagi eng yirik rom ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Bugungi kunda IMZO O'zbekiston Respublikasi...

Batafsil
Kompaniya haqida

Karyera

Biz faoliyatni endi boshlayotgan ham, malakali mutaxassislaimizga ham katta "karyeraviy o‘sish" imkoniyatlarini taqdim etamiz. Hozirgi tajribangiz yoki malaka darajangizdan qat'i nazar,...

Batafsil
Karyera
Surxondaryo

Surxondaryo

2023-yilning 28-noyabr kuni Imzoning Surxondaryoda yangi franshiza fabrikasi ochildi. Yangi korxona Imzo tomonidan franshizasi doirasida ochilgan beshinchi fabrika hisoblanadi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimligi, Imzo rahbariyati, kompaniya hamkorlari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Loyiha taqdimotida tayyor biznes yechimlarini taklif etuvchi Imzo fabrikasi tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochayotgani ta’kidlandi.

Zavod haqida ma'lumot

Surxondaryoda yangi ochilgan Imzo fabrikasi 20 000 m2 maydonda joylashgan. Fabrikaning ishlab chiqarish maydoni esa 3500 m2ni tashkil etadi.

Yangi fabrikada 30 dan ortiq turdagi Imzo mahsulotlari, jumladan, rom va eshik konstruksiyalarining eng ommabop modellari, fasad tizimlari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. 

Ushbu yangi fabrika Surxondaryo viloyati va uning atrofidagi tumanlarda sifatli eshik va rom mahsulotlariga ortib borayotgan talabni to‘liq qoplaydi. Surxondaryo viloyatidagi yangi franshiza fabrikasi ishga tushirilishi sabab 100 ga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratildi.

Fabrikaning strategik joylashuvi

Surxondaryodagi ushbu fabrika strategik ahamiyatga hamda ulkan eksport salohiyatiga ega. Yaqin kelajakda fabrika tomonidan qo’shni Afg‘oniston va Tojikistonga ham mahsulotlar yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Yillik eksport umumiy hajmi esa qariyb 10 000 m2 ni tashkil etadi.

Imzo franshiza fabrikalari haqida

Imzo haqli ravishda O‘zbekistonda ishlab chiqarish franshiza fabrikalari tashkil etishdagi faol korxonalardan biri hisoblanadi. Hozirda Andijon, Buxoro, Namangan, Nukus va Samarqandda Imzo franshiza fabrikalari faoliyat yuritmoqda. Endilikda Imzo’ning Surxondaryo viloyatida ham yangi fabrikasi mavjud.

Imzoning franshiza modeli o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli strategik hamkorlikni o'z ichiga oladi. Ushbu model doirasida hamkor nafaqat franshiza brendining ijobiy imidji, obro’siga ega bo'lish afzalliklarini, balki keng ko'lamli yordam bilan biznesni boshqarish bo'yicha batafsil yo‘riqnomalarni, jumladan marketing, IT va HR tizimlari faoliyati, tayyor hujjatlar va franshizaning intellektual mulkini egasiga aylanadi.

O‘z tajribasi, bilim va texnologiyalarini ulashayotgan Imzo fabrikasi butun O‘zbekiston bo‘ylab biznes tuzilmasini rivojlantirishni maqsad qilgan, bu esa mamlakatimiz hududlarida tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarning turmush darajasini yanada oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Kutilayotgan loyihalar

Biz bilan bog‘lanish