Suriya Arab Respublikasidan tashrif buyurgan tadbirkorlar delegatsiyasi IMZO fabrikasiga tashrif buyurishdi.
23.09.2026
Tashrif davomida delegatsiya a’zolariga IMZO’ning ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologiyalari va mahsulotlari taqdim etildi. Mehmonlar ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita tanishib, korxona ko‘lami va imkoniyatlarini ko‘zdan kechirishdi.Bugungi kunda IMZO ishlab chiqarish korxonasida 2 500 ga yaqin mutaxassis faoliyat yuritadi. Korxonaning umumiy maydoni 16 gektarni tashkil etadi.
Suriya tadbirkorlari qurilish sohasi uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, xususan, alyuminiy va oyna tizimlari hamda fasad yechimlariga alohida qiziqish bildirishdi.
Tashrif doirasida IMZO mahsulotlarini Suriya bozoriga eksport qilish, savdo aloqalarini rivojlantirish va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.




Biz bilan bog‘lanish
Kontakt ma'lumotlar
Savollaringiz bormi? Biz bilan bog‘laning yoki murojaatingizni qoldiring. Menejer siz bilan bog‘lanadi!



