O‘zbekistonda xalqaro darajadagi hamkorlik memorandumi imzolandi
23.10.2023
O‘zbekistondagi eng yirik rom va eshik tizimlari ishlab chiqaruvchi IMZO fabrikasi Germaniyaning REHAU xalqaro xoldingi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Erishilgan kelishuvlar natijasida O‘zbekistonda ilk bor jahonga mashhur nemis brendi ostida mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Hamkorlik memorandumi IMZOning Toshkent shahridagi bosh ofisida imzolandi. Shartnomani imzolash marosimiga REHAU xalqaro biznesni rivojlantirish direktori Tomas Betten va kompaniyaning top-menejmenti vakillari tashrif buyurishdi.
Tomas Betten IMZO fabrikasining texnologik jihozlari, shuningdek, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlarini yuqori baholadi.

IMZO va REHAU o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik kompaniyalar uchun katta foyda keltirishiga ishonch hosil qilishdi.
Tez orada IMZO fabrikasi Germaniya xomashyosidan yuqori nemis sifat standartlariga muvofiq romlar ishlab chiqaradi.
So‘nggi yangiliklar

23.09.2026
IMZO yangi texnologik liniyani ishga tushirdi: 6000 × 3000 mm gacha bo‘lgan Jumbo o‘lchamdagi shisha paketlar

23.09.2026
Suriya Arab Respublikasidan tashrif buyurgan tadbirkorlar delegatsiyasi IMZO fabrikasiga tashrif buyurishdi.

06.07.2026
Engelberg BKH65 surilma tizimi — estetika, nafislik va ishonchlilik uyg'unligi.
Biz bilan bog‘lanish
Kontakt ma'lumotlar
Savollaringiz bormi? Biz bilan bog‘laning yoki murojaatingizni qoldiring. Menejer siz bilan bog‘lanadi!
