Fensterbau Frontale 2024 Ko‘rgazmaning ikkinchi kunida IMZO mutassadilari dunyoning yetakchi rom ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari bilan tanishib chiqishdi.
21.03.2024
Avval xabar qilganimizdek, Germaniyaning Nyurnberg shahrida Fensterbau Frontale 2024 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘rgazmaning ikkinchi kunida IMZO mutassadilari dunyoning yetakchi rom ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari bilan tanishib chiqishdi. Shu bilan birga, Schtec (Turkiya 🇹🇷) va Mecal (Italiya 🇮🇹) kompaniyalari bilan uchrashuvlar o'tkazildi.

Schtec IMZO kompaniyasining uzoq muddatli strategik hamkori bo‘lib, fabrikamiz uchun zamonaviy uskunalar yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi. Kompaniya IMZO'ning Engelberg mahsulotlari sifatini dunyoga taqdim etmoqda. Uchrashuv davomida Schtec'ning eng ilg‘or ishlab chiqarish liniyalarini yetkazib berish bo‘yicha kelishib olindi.
Italiyaning Mecal kompaniyasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida alyuminiy rom va eshik tizimlari ishlab chiqarish uchun uskunalar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mecal bilan hamkorlik ishlab chiqarish jarayonini takommilashtirishga va mijozlarimiz uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.
So‘nggi yangiliklar

23.09.2026
IMZO yangi texnologik liniyani ishga tushirdi: 6000 × 3000 mm gacha bo‘lgan Jumbo o‘lchamdagi shisha paketlar

23.09.2026
Suriya Arab Respublikasidan tashrif buyurgan tadbirkorlar delegatsiyasi IMZO fabrikasiga tashrif buyurishdi.

06.07.2026
Engelberg BKH65 surilma tizimi — estetika, nafislik va ishonchlilik uyg'unligi.
Biz bilan bog‘lanish
Kontakt ma'lumotlar
Savollaringiz bormi? Biz bilan bog‘laning yoki murojaatingizni qoldiring. Menejer siz bilan bog‘lanadi!
