Kompaniya haqida

IMZO 2016-yil aprel oyida tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda O‘zbekistondagi eng yirik rom ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Bugungi kunda IMZO O'zbekiston Respublikasi...

Batafsil
Kompaniya haqida

Karyera

Biz faoliyatni endi boshlayotgan ham, malakali mutaxassislaimizga ham katta "karyeraviy o‘sish" imkoniyatlarini taqdim etamiz. Hozirgi tajribangiz yoki malaka darajangizdan qat'i nazar,...

Batafsil
Karyera
IMZO Urganchda yangi ishlab chiqarish franshiza fabrikasini ochdi

IMZO Urganchda yangi ishlab chiqarish franshiza fabrikasini ochdi

21.10.2025

Urganchda IMZO fabrikasining franshiza doirasida ochilgan navbatdagi ishlab chiqarish korxonasi ochildi.

17 oktabr kuni Urganch shahrida IMZO fabrikasining yangi franshiza ishlab chiqarish fabrikasi ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu korxona — IMZO brendini butun O‘zbekiston bo‘ylab yanada rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab beradi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimligi va IMZO fabrikasi rahbariyati, kompaniya hamkorlari, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Loyiha taqdimotida tayyor biznes yechimlarni taklif etuvchi IMZO franshizasi O‘zbekiston hududlaridan kelgan tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar ochayotgani ta’kidlandi.

Xorazm viloyatida yangi IMZO fabrikasining ochilishi ushbu hududda mahsulot turlarini ko‘paytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda milliy ishlab chiqarish korxonalari tarmog‘ini rivojlantirish yo‘lidagi strategik qadam bo‘ldi.

Urganchdagi IMZO fabrikasi 5 000 kvadrat metr maydonda joylashgan. Yangi fabrikada IMZO va Engelberg brendlari ostidagi premium toifasidagi oyna-rom va eshik tizimlari ishlab chiqariladi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga taxminan 180 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Bu esa sifatli mahsulotlarga o‘sib borayotgan talabni to‘liq qoplaydi.

Ishlab chiqarish korxonasi Yevropadan olib kelingan zamonaviy uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, har bir mahsulotning aniqligi, sifati va mustahkamligini kafolatlaydi. Bu yerda profilni kesishdan to steklopaket va fasad tizimlarini yig‘ishgacha toliq ishlab chiqarish tsikli yo‘lga qo‘yildi. Ishlab chiqarish jarayoni xalqaro energiya samaradorligi va xavfsizlik standartlariga javob beradi.


Yangi shourumlar

Fabrika bilan birga Xorazm viloyatida ikkita yangi IMZO shourumlari ochildi. Birinchi shourum yangi fabrika hududida joylashgan. Ikkinchi shourum esa Urganch shahri, Xonqa ko‘chasi, 103-uyda joylashgan.

Shourumlarda IMZO mahsulotlarining to‘liq assortimenti, jumladan alyuminiy va PVX tizimlari, shuningdek, har xil turdagi binolar uchun yechimlar taqdim etilgan.




Yangi fabrikaning strategik ahamiyati

Zavod IMZO uchun mamlakatning g‘arbiy mintaqasidagi logistika markazi sifatida muhim rol o'ynaydi. Yangi korxona tayyor mahsulotlarni O‘zbekiston bo‘ylab tezkor yetkazib berish, shuningdek, Turkmaniston va Qozog‘istonning g‘arbiy viloyatlariga eksport qilishni ta’minlaydi.

Urganchdagi zavodining ochilishi IMZOning ishlab chiqarish infratuzilmasini mustahkamlash va mintaqaviy markazlarni rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyasining bir qismidir.

IMZO fabrikasi O‘zbekistonda ishlab chiqarish franshizalarini bunyod etib ishga tushirishda haqli ravishda peshqadam korxonalardan hisoblanadi. IMZO franshiza fabrikasi ochilishi o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli strategik hamkorlikni nazarda tutadi. Hamkrolik doirasida sherik nafaqat franshiza brendining ijobiy obro‘siga ega bo‘ladi, shu bilan birga keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatlanadigan biznesni boshqarish bo‘yicha batafsil qo‘llanmalarni, jumladan marketing, IT va HR vositalarini, tayyor hujjatlarni va intellektual mulkni qo‘lga kiritadi.

O‘z tajribasi, bilim va texnologiyalarini ulashayotgan IMZO butun O‘zbekiston bo‘ylab biznes tuzilmasini rivojlantirishni maqsad qilgan. Bu esa mamlakatimiz hududlarida tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarning turmush darajasini yanada oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.


IMZO fabrikasi bilan franshiza hamkorlik shartlari haqida batafsil ma'lumot olish uchun yagona call-markaziga murojaat qiling: +998 71-207-77-77



Biz bilan bog‘lanish