Imzo kompaniyasida Germaniyaning Winkhaus kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi!
01.11.2024
Uchrashuvda Winkhaus kompaniyasi Eksport bo'limi rahbari - Bartosh Yaretski va kompaniyaning Markaziy Osiyo bo'yicha vakili - Sergey Perov hamda Imzo kompaniyasi rahbariyati ishtirok etdi.

Ma'lumki, Imzo - Winkhaus xalqaro brendining Markaziy Osiyodagi yagona rasmiy hamkori hisoblanadi. Yigʻilishda 2024-yilgi hamkorlik yakunlari muhokama etildi. Shuningdek, O'zbekistonning bugungi rivojlanib borayotgan bozori dinamikasi tahlili, mijozlar talabi, yangi va zamonaviy mahsulotlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Suhbat so'ngida 2025-yil uchun hamkorlik rejalari, istiqboldagi vazifalar kelishib olindi. 🤝
So‘nggi yangiliklar

23.09.2026
IMZO yangi texnologik liniyani ishga tushirdi: 6000 × 3000 mm gacha bo‘lgan Jumbo o‘lchamdagi shisha paketlar

23.09.2026
Suriya Arab Respublikasidan tashrif buyurgan tadbirkorlar delegatsiyasi IMZO fabrikasiga tashrif buyurishdi.

06.07.2026
Engelberg BKH65 surilma tizimi — estetika, nafislik va ishonchlilik uyg'unligi.
Biz bilan bog‘lanish
Kontakt ma'lumotlar
Savollaringiz bormi? Biz bilan bog‘laning yoki murojaatingizni qoldiring. Menejer siz bilan bog‘lanadi!
