IMZO Fabrikasiga Ekologiya partiyasi azolari tashrif buyurdi
31.10.2025
Bugun Yangihayot tumanidagi IMZO fabrikasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston Ekologik partiyasining Yangihayot tumanidan saylangan deputati Olga Ivanovna Litvinova tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida quyidagi asosiy masalalar muhokama qilindi:
yoshlarning mehnat bandligi va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi;
xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash;
ekologik madaniyat darajasini oshirish;
chiqindilar va oqova suvlarni samarali boshqarish.
Alohida e’tibor korxonaning filtrlash va ventilyatsion tizimlarining faoliyatiga qaratildi.
Tashrif konstruktiv ruhda o‘tdi. Tomonlar ekologik standartlarni joriy etish va ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish yo‘nalishidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.








So‘nggi yangiliklar

23.09.2026
IMZO yangi texnologik liniyani ishga tushirdi: 6000 × 3000 mm gacha bo‘lgan Jumbo o‘lchamdagi shisha paketlar

23.09.2026
Suriya Arab Respublikasidan tashrif buyurgan tadbirkorlar delegatsiyasi IMZO fabrikasiga tashrif buyurishdi.

06.07.2026
Engelberg BKH65 surilma tizimi — estetika, nafislik va ishonchlilik uyg'unligi.
Biz bilan bog‘lanish
Kontakt ma'lumotlar
Savollaringiz bormi? Biz bilan bog‘laning yoki murojaatingizni qoldiring. Menejer siz bilan bog‘lanadi!
