Energiyani tejashning qanday afzalliklari bor?
10.10.2023
Xonani harorat o’zgarishidan himoya qilish hamda isitish va sovutish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish uchun IMZO xonadonlarga energiya tejamkor romlarni o’rnatishni tavsiya qiladi. Maxsus texnologiya sabab IMZO energiya tejamkor romlari xonani yozda quyosh issiqlig’idan himoya qiladi, qishda esa aksincha - xonada issiqlikni saqlaydi.
Energiya tejamkor romning asosiy elementi kumush ionlari bilan qoplangan qo’shoyna hisoblanadi. Shu sabab aks effekti hosil bo’ladi va tashqaridagi harorat xona ichiga kirmaydi. Xonada kondensat paydo bo’lishidan hamda zamburug'lar va mog'or hosil bo’lishini bartaraf qilish maqsadida IMZO romlari qo’shoynaning atrofidagi bo’shliqlarni to’ldiradigan molekulyar elakdan foydalanadi.
Maxsus dizayni tufayli IMZO energiya tejamkor romlari qishda ham, yozda ham birdek foydalidir. Qish mavsumida shisha yuzasi issiqlikning xonadan chiqib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Yozda esa xonani tashqaridagi issiqdan himoya qiladi. Shu sabab xona Ichida isitish va sovutish uskunalaridan minimal darajada foydalaniladi.
Nima uchun romni argon bilan to’ldirish kerak?
Energiya tejamkor qo’shoyna romlarning muhim texnologik xususiyati bu - inert gazdan foydalanish hisoblanadi. IMZO energiya tejamkor romlarida oynalar orasidagi bo’shliq argon bilan to’ldiriladi. Yuqori zichlik tufayli ushbu gaz energiyani tejovchi qatlamni oksidlanishdan himoya qiladi va shu bilan uning xizmat muddatini sezilarli darajada uzaytiradi.
Bundan tashqari, argon issiqlik o’tkazishni sekinlashtiradi hamda xonaga o’tadigan ultrabinafsha nurlari miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi.
Shunday qilib, yuqori sifatli va yuqori texnologiyali IMZO mahsulotlari xonadondagi energiya samaradorligini sezilarli darajada oshirishga yordam beradi va har qanday ob-havoda xonada qulay mikroiqlimni yaratadi.
Yagona axborot markaziga qo’ng'iroq qilib, IMZO energiya tejamkor romlariga buyurtma berishingiz mumkin.
So‘nggi yangiliklar
14.01.2025
Imzo 2025 yilni yangi shourum ochilishi bilan boshladi
27.12.2024
IMZOda Hindistonning 🇮🇳L&T Construction kompaniyasi va Saudiyaning 🇸🇦Vision Invest kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
17.12.2024
Imzo sizni 21-dekabr kuni soat 14:00 da bo'lib o'tadigan taqdirlash marosimiga lutfan taklif qiladi!
Biz bilan bog‘lanish
Kontakt ma'lumotlar
Savollaringiz bormi? Biz bilan bog‘laning yoki murojaatingizni qoldiring. Menejer siz bilan bog‘lanadi!