Kompaniya haqida

IMZO 2016-yil aprel oyida tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda O‘zbekistondagi eng yirik rom ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Bugungi kunda IMZO O'zbekiston Respublikasi...

Batafsil
Kompaniya haqida

Karyera

Biz faoliyatni endi boshlayotgan ham, malakali mutaxassislaimizga ham katta "karyeraviy o‘sish" imkoniyatlarini taqdim etamiz. Hozirgi tajribangiz yoki malaka darajangizdan qat'i nazar,...

Batafsil
Karyera
Rom o'rnatish sifati qanday tekshiriladi? 

Rom o'rnatish sifati qanday tekshiriladi? 

10.10.2023

Nega ba’zilarning plastik derazalari uzoq yillar muammolarsiz xizmat qiladi-yu, ayrimlarning derazalari o’rnatilganidan bir necha oy o’tiboq ishdan chiqadi? Bunga ko’pincha, noto’g’ri tanlangan material va o’rnatishdagi xatoliklar sabab bo’ladi. IMZO mutaxassislari qanday qilib derazaning sifatini va to’g’ri o’rnatilishini nazorat qilish haqida aytib beradilar.

To'g'ri o'rnatilgan va ekspluatatsiya qilingan zamonaviy rom tizimlari 50-80 yil xizmat qiladi. Ishni qabul qilish vaqtida derazalarning to'g'ri o'rnatilganligini aniqlash qiyin. Muammolar bir necha oydan keyin paydo bo‘lishi mumkin. Muammolarni oldini olish uchun IMZO sotib olayotganda va o'rnatish vaqtida romlarni tekshirishni tavsiya qiladi.

IMZOdan beshta maslahat:

Hujjatlar bilan tanishib chiqing. Sertifikatlangan mahsulotlarni sotib oling va o'rnatishni kompaniyaning rasmiy vakillariga ishonib topshiring. Rom tanlashdan oldin, montaj qiladigan mutaxassislardan davlat standartlariga muvofiqlik deklaratsiyasini so'rang, ya'ni ISO 9001 sertifikati Shaffoflik, shamolga chidamlilik, shovqin va issiqlik izolyatsiyasi koeffitsiyentlariga e'tibor bering.

Deraza namunalarini tekshiring. Ishlab chiqaruvchining shourumiga tashrif buyuring va u yerdagi namunalarini ko'ring. Ramkaning yuzasi hech qanday burmalarsiz, bir tekis va silliq bo'lishi kerak. Buyurtma berganingizdan so'ng, tayyor oynalarni ham ushbu mezonlarga muvofiqligini tekshiring.

O'rnatish sifatini tekshiring. O'rnatishdan so'ng, eshiklarni bir necha marta oching va yoping. Deraza bo'g'inning barcha tomonlarida ramaga mahkam o'rnatilishi kerak. Agar siz bo'shliqni ko'rsangiz, bu o'rnatish vaqtida blokning qiyshayganligini anglatadi. Agar oyna qiyin ochilsa va yopilsa, u holda petlyalarni sozlash kerak. Ustalardan ushbu kamchiliklarni darhol tuzatishni so'rang.

Derazalarni tashqi tomondan tekshiring. Blok va tashqi devor o'rtasida 2-3 sm bo'sh joy bo'lishi kerak, o'rnatish vaqtida u poliuretan ko'pik bilan to'ldiriladi. Ko‘pik mintaqaning harorat xususiyatlariga mos kelishiga ishonch hosil qiling (bu qadoqda ko'rsatilgan). Aks holda, ko‘pik o'z xususiyatlarini yo'qotadi, rom ichida gaz almashinuvi buziladi, xona ichida yelvizak paydo bo'ladi. Ichkarida ko'pik uchun joy qoldirishning hojati yo'q. Usta romni devorga yoki shtapikga mahkam o'rnatishi mumkin (ichki va tashqi perimetrlar notekis ochilish yoki nomuvofiqlik bo'lsa).

Shtapik, otkos podokonniklarni tekshiring.

Romning to'g'ri o'rnatilishini montajdan keyin tekshirish kerak, shunda usta hamma narsani tezda tuzatadi. O'rnatishdan so‘ng 2 kun o‘tganda muammolar yuzaga kelsa, xatolar rom va steklopaketni olib tashlamasdan ham bartaraf qilish mumkin. Ehtiyot bo'ling va xaridlaringizdan bahra oling! 

Biz bilan bog‘lanish