Kompaniya haqida

IMZO 2016-yil aprel oyida tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda O‘zbekistondagi eng yirik rom ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Bugungi kunda IMZO O'zbekiston Respublikasi...

Batafsil
Kompaniya haqida

Karyera

Biz faoliyatni endi boshlayotgan ham, malakali mutaxassislaimizga ham katta "karyeraviy o‘sish" imkoniyatlarini taqdim etamiz. Hozirgi tajribangiz yoki malaka darajangizdan qat'i nazar,...

Batafsil
Karyera
 Toshkent shahrida Sichuan provinsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik

 Toshkent shahrida Sichuan provinsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik

24.09.2025

 Toshkent shahrida Sichuan provinsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan yirik tadbir bo‘lib o‘tdi.

✅ Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari, Toshkent shahar hokimligi, shuningdek, Xitoy va O‘zbekistonning yirik korporatsiyalari hamda ishbilarmonlar uyushmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda quyidagi mavzular ko'tarildi:
🔹 savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish,
🔹 investitsion hamkorlikni kengaytirish,
🔹 sanoat, qurilish, ishlab chiqarish va agro sanoat sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.


🇨🇳 Tadbir doirasida «Dunfan» korporatsiyasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy markazi ochildi va ikki tomonlama shartnomalar imzolandi.

💠 Ushbu nufuzli anjumanda IMZO kompaniyasi ham faol ishtirok etdi. Kompaniya vakillari O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikda yangi qadamlar tashlash, sanoat va qurilish sohalaridagi innovatsion echimlar bilan o‘rtoqlashish hamda qo‘shma loyihalarda ishtirok etishga tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.

🤝Bu tadbir ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lib, IMZO uchun ham xalqaro maydonda yangi istiqbollar eshigini ochadi.

Biz bilan bog‘lanish