Kompaniya haqida

IMZO 2016-yil aprel oyida tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda O‘zbekistondagi eng yirik rom ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Bugungi kunda IMZO O'zbekiston Respublikasi...

Batafsil
Kompaniya haqida

Karyera

Biz faoliyatni endi boshlayotgan ham, malakali mutaxassislaimizga ham katta "karyeraviy o‘sish" imkoniyatlarini taqdim etamiz. Hozirgi tajribangiz yoki malaka darajangizdan qat'i nazar,...

Batafsil
Karyera
Buxoro

Buxoro

Manzil: Buxoro viloyati, G‘ijduvon, Yusuf Hamadoniy ko‘chasi

  • Umumiy maydoni: 10 000 m2
  • Ishlab chiqarish maydoni: 3 700 m2
  • Xodimlar soni: 50
  • Ochilish sanasi: 05.05.2023
  • Rasmiy shourumlar soni: Buxoroda - 2 ta, G‘ijduvonda - 1 ta

5 may kuni Buxoroda IMZO'ning yangi franshiza ishlab chiqarish fabrikasi ochilishi bo‘lib o‘tdi. Yangi maskan IMZOning ishlab chiqarish franshizasi ostida ochilgan to‘rtinchi fabrika hisoblanadi. 

Buxorodagi IMZO fabrikasi 6000 kvadrat metr maydonida joylashgan. Yangi fabrikada tayyor oyna-rom va eshik tizimlari ishlab chiqariladi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga taxminan 180 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Bu esa sifatli mahsulotlarga o‘sib borayotgan talabni to‘liq qoplaydi. Buxorodagi IMZO franshiza fabrikasining ochilishi natijasida 100 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi. Yangi fabrika bilan bir vaqtda 250 kvadrat metr maydoniga ega zamonaviy IMZO shourumining ochilishi ham bo‘lib o‘tdi. Bu yerda kompaniya mijozlari uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

IMZO fabrikasi O‘zbekistonda ishlab chiqarish franshizalarini bunyod etib ishga tushirishda haqiqatan ham yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. Bundan bir yil avval Andijonda IMZOning birinchi franshiza fabrikasi ishga tushirilishi bilan kompaniya mamlakatimiz ishbilarmonlik muhitida yangi tendentsiyani yaratgan.

Korxonada Germaniya, Turkiya va Italiyaning Schtec, Kaban, CMS Glass Machinery va DALGAKIRAN COMPRESSOR, ATLANT FORTUNA, Atlanta Stretch SpA, OEMME kabi ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy uskunalari o‘rnatildi. Fabrikada 265 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

IMZO franshiza fabrikasi ochilishi o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli strategik hamkorlikni nazarda tutadi. Hamkorlik doirasida sherik nafaqat franshiza brendining ijobiy obro‘siga ega bo‘ladi, shu bilan birga keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatlanadigan biznesni boshqarish bo‘yicha batafsil qo‘llanmalarni, jumladan marketing, IT va HR vositalarini, tayyor hujjatlarni va intellektual mulkni qo‘lga kiritadi. 

O‘z tajribasi, bilim va texnologiyalarini ulashayotgan IMZO butun O‘zbekiston bo‘ylab biznes tuzilmasini rivojlantirishni maqsad qilgan. Bu esa mamlakatimiz hududlarida tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarning turmush darajasini yanada oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Kutilayotgan loyihalar

Biz bilan bog‘lanish