Kompaniya haqida

IMZO 2016-yil aprel oyida tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda O‘zbekistondagi eng yirik rom ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Bugungi kunda IMZO O'zbekiston Respublikasi...

Batafsil
Kompaniya haqida

Karyera

Biz faoliyatni endi boshlayotgan ham, malakali mutaxassislaimizga ham katta "karyeraviy o‘sish" imkoniyatlarini taqdim etamiz. Hozirgi tajribangiz yoki malaka darajangizdan qat'i nazar,...

Batafsil
Karyera

Digital-marketing mutaxassisi

IMZO Digital-marketing mutaxassisi / Marketing-menejeri

IMZO — Markaziy Osiyodagi eng yirik deraza va fasad tizimlari ishlab chiqaruvchisi. Biz digital yo‘nalishni faol rivojlantiryapmiz va brend hamda mahsulotlarimizning onlayn targ‘ibotini yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradigan mutaxassisni izlayapmiz.

🔹 Asosiy vazifalar

  • IMZO’ning onlayn platformalari va raqamli servislarini mijozlar, pudratchilar va hamkorlar orasida targ‘ib qilish uchun marketing strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
  • Bozorni, raqobatchilarni va digital tendensiyalarni tahlil qilish, maqsadli auditoriyaning ehtiyojlarini aniqlash.
  • Marketing kampaniyalarini rejalashtirish va ishga tushirish: digital reklama, PR, e-mail xabarnomalari, SMM, SEO, shuningdek, soha bo‘yicha ko‘rgazma va konferensiyalarda ishtirok etish.
  • Kontent yaratish va targ‘ib qilish (yangiliklar, maqolalar, keýslar, taqdimotlar, reklama materiallari, landinqlar).
  • Kampaniyalar samaradorligini kuzatish (KPI, trafik va leadlar tahlili), hisobotlar tayyorlash va strategiyani yaxshilash.
  • Savdo bo‘limi va IT jamoasi bilan birgalikda raqamli servislarni rivojlantirish va optimallashtirish (shaxsiy kabinetlar, ilovalar, onlayn kataloglar).
  • Brend obro‘sini digital maydonda mustahkamlash va himoya qilish (sharhlar, reytinglar, mijozlar sodiqligi bilan ishlash).
  • Bosqichma-bosqich o‘z marketing jamoasini shakllantirish va kuchaytirish.

🔹 Talablar

  • Oliy ma’lumot (marketing, PR, kommunikatsiya, iqtisod yoki shu sohalarga yaqin yo‘nalishlarda).
  • Marketing sohasida kamida 3–5 yillik ish tajribasi, digital va B2B yo‘nalishida ishlaganlik afzal.
  • Zamonaviy marketing va tahlil vositalarini yaxshi bilish (Google Ads, Meta Ads, SEO, GA4, CRM tizimlari va boshqalar).
  • Rus tilini yaxshi bilish (yozma va og‘zaki), o‘zbek va ingliz tillarini bilish — qo‘shimcha afzallik.
  • Tashabbuskorlik, tizimli fikrlash, mustaqil ishlash va loyiha boshqaruvi ko‘nikmalari.
  • Professional rivojlanishga va yetakchilik vazifalarini o‘z zimmasiga olishga intilish.

🔹 Biz taklif qilamiz

  • Barqaror va raqobatbardosh daromad, natijalarga va bozor sharoitiga qarab muntazam ko‘rib chiqiladi.
  • Professional rivojlanish — treninglar, o‘qish, kompaniyaning yirik digital loyihalarida qatnashish.
  • Ochiq va ijodiy muhit — sizning tashabbuslaringiz IMZO strategiyasiga haqiqiy ta’sir ko‘rsatadi.
  • Zamonaviy ofis va jamoa bilan qulay hamkorlik muhiti.
  • 24 kunlik yillik mehnat ta’tili.