Markaziy Osiyoda eng yirik tayyor rom va eshiklar ishlab chiqaruvchi fabrika
Narxni hisoblash
Раздвижные системы

Imzo Hebe-schiebe

Yorugʻ va keng xonalar, butun devorni olgan ulkan panoramali derazalar, ochiq havoga olib chiqadigan yengil suriluvchi eshiklar. Uyingiz IMZO Hebe Schiebe sharofati bilan aynan shunday koʻrinish olishi mumkin! Alyumindan yasalgan surilma termotizimlar zamonaviy texnologiya va dizaynning eng yaxshi yutuqlarini mujassamlagan. IMZO Hebe Schiebe – funksional ishchanlik, ishonchlilik va innovatsion surilma tizimlarning goʻzalligi.

Butun jahon kaft ustida

Derazami yoki devormi? IMZO Hebe Schiebe bilan xonaning yorugʻligi va himoyalanganligi oʻrtasida tanlashga hojat qolmaydi. Butun devorni oladigan deraza yasating, boʻyi shipgacha shaffof eshikni oʻrnattirib, goʻzal manzara va yengillik muhitidan bahra oling.

Asosiy ko'rsatkichlar*

Issiqlik izolyatsiyasi

30

Shovqin izolyatsiyasi

70

Yorug'lik o'tkazuvchanligi

50

*2018 yilgi Imzo rom tizimlarining boshqa modellari bilan taqqoslaganda

Germetik zichlik va ishonchlilik

Qoʻshimcha pishiqlik uchun IMZO Hebe Schiebe da yuqori sifatli poʻlatdan yasalgan butlovchi qismlar: furnitura, roliklar, tanbalar va loʻkidonlar oʻrnatiladi. Qoʻshimcha zichlantirish bilan profillarning tuzilishi xonani issiqlik va shovqindan himoyasini toʻliq taʼminlab beradi.

Xususiyatlari
  • Profil turiAlyumin
  • Profil seryasiIssiq
  • Profil devori qalinligi 1-1,5-1,8 мм
  • Profil montaj kengligi 145 мм
  • Konstruktsiyaning maksimal balandligi 3000 мм
  • Konstruktsiyaning maksimal kengligi 6000 мм
  • Qo'shoyna qalinligi 20-32 мм
  • Qoplama Anodlash, RAL ranglari,Laminatsiya, Vakuum, 3D
O’z ideal romingizni tanlang
Спасибо!

Ваша заявка принята в обработку, наш оператор свяжется с вами в ближайшее время.