Markaziy Osiyoda eng yirik tayyor rom va eshiklar ishlab chiqaruvchi fabrika
Narxni hisoblash
Окно из алюминиевого профиля

Engelberg 65 Thermo

Engelberg 65 Thermo oʻzida alyuminning mustahkamligi va egiluvchanligini, ixchamligi, shovqindan va haroratdan yuqori darajadagi izolyatsiyani mujassam qiladi. Ushbu profil bilan har xil shakldagi, turli xonalar va dizaynga moʻljallangan derazalarni yasash mumkin. Ichki oʻrnatilgan poliamiddan yasalgan termokoʻprik shiddatli shamoldan, koʻchaning shovqinidan, chang boʻronlaridan, issiqlikni yoʻqotishdan himoya etadi. Bunday derazalar bilan har qanday ob-havoda qulaylik boʻladi!

Cheksiz imkoniyatlar

Engelberg 65 Thermo — bu zamonaviy qatʼiy dizayn, ekologik toza va xavfsiz materiallar, shuningdek issiqlik va tovush izolyatsiyasining yuqori koʻrsatkichlarining tabiiy uygʻunlashuvi. Bu Siz koʻzda tutgan Markaziy Osiyo iqlimi sharoitlarida qulaylik va shinamlik uchun barcha zarur sifatlari boʻlgan romdir.

Asosiy ko'rsatkichlar*

Issiqlik izolyatsiyasi

30

Shovqin izolyatsiyasi

70

Yorug'lik o'tkazuvchanligi

50

*2018 yilgi Imzo rom tizimlarining boshqa modellari bilan taqqoslaganda

Innovatsiya va uslub

Bizning texnologiyalarimiz qulaylik yaratadi! Yengillashtirilgan Engelberg 65 Thermo konstruksiyasi eski binolarni restavratsiya qilish uchun gʻoyat mos keladi. Shuningdek u, oʻziga xos dizaynga ega boʻlgan zamonaviy xonalarga ham uygʻun kirishadi. Termokoʻprik xona ichida maqbul haroratni saqlab turadi va uyni tashqaridagi jaziramadan, changdan, namdan va shamoldan asraydi.

Samaradorlik ko'rsatkichlari

— poliamidli termoko’prik tufayli issiqlik izolyatsiyasi kuchaytirilgan 3 kamerali alyumin profili;

— Argon bilan toʻldirilgan qo’shoyna va samarali issiqlik himoyasi uchun issiqlikni qaytaruvchi i-oyna

— Ikkitali qo’shoyna (ixtiyoriy).

Ishonchlilik va chidamllik

Sinishi yoki qiyshayishi qiyin mustahkam derazalar kerak-mi? Engelberg 65 Thermo ni tanlang. Ular faol ishlatish uchun yaratilgan, zanglashga va haroratning oʻzgarishlariga chidamli, quyosh, yomgʻir va sovuqdan qoʻrqmaydi. Toʻgʻri oʻrnatilganda bir necha oʻn yillab bekamu-kust ishlashi kafolatlangan!

Xususiyatlari
  • Profil turiAlyumin
  • Profil seriyasiIssiq
  • Kameralar soni 3
  • Profil devori qalinligi 1,4 мм
  • Montaj chuqurligi 65 мм
  • Tavaqaning maksimal balandligi 3000 мм
  • Tavaqaning maksimal kengligi 1000 мм
  • Qo'shoyna qalinligi 20-32 мм
  • Qoplama Anodlash, RAL ranglari, Laminatsiya, Vakuum, 3D
O’z ideal romingizni tanlang
Спасибо!

Ваша заявка принята в обработку, наш оператор свяжется с вами в ближайшее время.