Markaziy Osiyoda eng yirik tayyor rom va eshiklar ishlab chiqaruvchi fabrika
Narxni hisoblash
Окно из алюминиевого профиля

Imzo Champion

Alyumin tizimdan IMZO Champion konstruksiyalari balkonlar va lodjiyalar, shuningdek izolyatsiyasi boʻyicha yuqori talablarga ega boʻlmagan binolarni sovuq oynalashda koʻproq qoʻllaniladi.

Sovuq oynalash

Termokoʻprikka ega bo’lmagan alyumin romlar issiqlikni yaxshi ushlab qololmaydi, alyuminiydan tayyorlangan profilning kichik montaj chuqurligi esa qo’shoynalarni oʻrnatish imkonini bermaydi. Bir oyna bilan oynalashtirish issiqlik yoʻqotilishidan himoya qila olmaydi. Shu sabab Imzo Champion tizimi sovuq iqlim sharoitlarida turar-joy xonalarini oynalashtirish uchun mos kelmaydi. IMZO Champion — bu noturar-joy xonalari uchun mos va qulaydir

Asosiy ko'rsatkichlar*

Issiqalik izolyatsiyasi

30

Shovqin izolyatsiyasi

70

Yorug'lik o'tkazuvchanligi

50

* 2018 yilgi Imzo rom tizimlarining boshqa modellari bilan taqqoslaganda<

Yevropaz

Ushbu profillar lineykasida furnitura oʻyiqlari sirasiga kiradigan, turli yordamchi ashyolarni oʻrnatish imkonini beradigan “yevrooʻyiq” ishlatiladi. Shu tufayli siz toʻrt xil turda ochiladigan deraza va toʻsiqlarga buyurtma berishingiz mumkin, bular: aylanma va aylanma-koʻtarma, yuqoriga osma va ichkariga ochiladigan quyi osma.

Yengil va funksional

Alyumin profillaridan yasalgan konstruksiyalar yengil bo’ladi, shuning uchun ularni oʻrnatish juda oson. Maxsus tayanch lozim boʻlmagani sababli IMZO Champion ni hatto balkonning metall toʻsigʻiga ham oʻrnatish mumkin. Bu, issiqlikdan muhofaza talab etilmaydigan lodjiya, ayvon, peshayvonlar kabi yozgi xonalar uchun eng yaxshi yechimdir.

Xususiyatlari
  • Profil turiAlyumin
  • Profil seriyasiSovuq
  • Profil devori qalinligi 1,1 мм
  • Montaj chuqurligi 47 мм
  • Tavaqaning maksimal balandligi 2700 мм
  • Tavaqaning maksimal kengligi 1000 мм
  • Qo'shoyna qalinligi 20 мм
  • Qoplama Anodlash, RAL ranglari, Laminatsiya, Vakuum, 3D
O’z ideal romingizni tanlang
Спасибо!

Ваша заявка принята в обработку, наш оператор свяжется с вами в ближайшее время.