IMZO alyumin deraza romlarinig afzalliklari

24 August 19 Время чтения: 5 мин

 

Alyuminiy yangi ishlab chiqarish texnologiyalari tufayli qurilishning turli sohalarida keng tarqaldi. Ushbu mahsulot amaliy va foydalanish jihatlaridan bir qator ustunliklarga erishish imkoniyatini beradi degan mutlaqo o’rinli fikrlar tufayli alyumin deraza romlarini tanlayotgan foydalanuvchilarning soni tobora ko’paymoqda.

Rivojlanish jarayonini bir omil, yani issiqlik va shovqin izolatsiya qobiliyati aluminiy derazalarida nisbatan pasroqligi cheklagan edi.

 

Shu sababli, alyumin deraza romlaridan faqat isitilmaydigan va tashqi shovqinlardan himoya qilinmaydigan xonalarda (sovuq omborlar, yordamchi xonalar, e'lonlar taxtalari, pardevorlar va boshqa me'moriy loyihalarda) foydalanish mumkin edi.

 

Kichik texnologik yangilikni amalga oshirgan IMZO alyumin derazalaridan endi har qanday bino va inshootlarda hech qanday cheklovlarsiz foydalanish mumkin. Oddiy, ammo ishonchli va samarali konstruksiya tufayli, deraza romlari zarur bo'lgan izolyatsiya darajasi bilan ta'minlandi. Natijada esa, material va uning mahsulotlarining ustunligiga mukammal issiqlik saqlash xususiyati ham qo'shildi. Shu sababli, alyumin deraza romlarinii sotib olishga qaror qilayotgan xonadonlar, qishloq uylari, ofis, chakana savdo, ma'muriy va boshqa bino va inshootlar egalarining soni tobora ko’paymoqda.

 

Alyumin oynalarini ishlab chiqarilishi

 

IMZO Ixtisoslashgan kompaniyasi - bu O'zbekistondagi deraza tizimlarining yetakchi ishlab chiqaruvchisidir. O'zining yuqori texnologik uskunalar qo’llanilgan ishlab chiqarish jarayoni nafaqat respublikada, balki uning tashqarisida ham tanilgan va talab katta bo'lgan yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Turli xil shakl, o'lcham va maqsadlarga mo'ljallangan alyumin deraza romlarini ishlab chiqarish - korxona faoliyatidagi asosiy yo'nalishlardan biridir. Ilg'or texnologiyalar, shuningdek zamonaviy avtomatlashtirilgan uskunalar ishchilarning qo’l mehnatidan foydalanilishini minimal darajaga keltiradi, mahsulotda uchrashi mumkin bo’lgan kamchiliklarni yoqotadi, va doimo yuqori sifatli hamda benuqson bo’lishini ta'minlaydi.

 

Hozirgi vaqtda kompaniyada alyumin deraza romlarini quyidagi asosiy variantlarini buyurtma qilishingiz mumkin:

• Sovuq profilli konstruksiyalar. Agar isitilmaydigan xonalarni oynalashni xohlasangiz, bu aynan sizga to’g’ri keladigan konstruksiya turi. Asosiy farqi - bu rom ichidagi issiqlikni ushlab turishni ta'minlaydigan maxsus termokoprikning yo'qligi. Sovuq alyuminiy ofis pardevorlari yoki balkon romlari uchun juda mos keladi. Shu bilan birga, foydalanuvchi alyumin oynalashning barcha afzalliklariga o’zi baho berishi mumkin.

• Issiq alyumin oynalar. Bu turar-joy binolari, issiqlikni ta'minlash (saqlash) va odamlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishni talab qiladigan obyektlarni oynalash uchun eng yaxshi taklifdir. "Issiq" texnologiyasi ikki juft alyuminiy elementlar o'rtasida o'rnatilgan termoko’prik tufayli maxsus qatlam hosil bo'lishini ta'minlaydi. Bu mukammal issiqlikni saqlash qobiliyatini ta'minlaydigan termal to'siqni yaratishiliga imkon beradi. Mana nima uchun IMZO alyumin deraza romlari tobora ortib borayotgan talabga ega, shu jumladan ofis oynalari uchun ham.

IMZO alyumin deraza romlari - bu narx va sifat, chidamlilik va chiroyli tashqi ko’rinishning mukammal uyg'unligi!

 

 

 

Alyumin deraza romlarining afzalliklari

 

Alyumin deraza romlarining fizik-mexanik, ekspluatasion va boshqa o’ziga xos xususiyatlari keng doiradagi foydalanuvchilar orasida kompaniya mahsulotlariga talabning oshishiga olib keldi. O'zi uchun imzo.uz saytidan ideal deraza sotib olishga qaror qilgan har bir mijoz quyidagi ijobiy tomonlarga ishonishi mumkin:

•  Yuqori mexanik chidamlilik. Deraza konstruksiyalari qo'shimcha mustahkamlashga muhtoj emas. O'rnatish, qurilish ancha oson va tezroq kechadi. Buyurtmaning eng foydali variyanti -  tayyor alyumin oynalarni o’rnatish.

•  Estetiklik. Profil plastmassadan va ayniqsa yog'ochdan ancha kichikdir. Bunday shaffof konstruksiyalar juda zamonaviy va o’zgacha ko’rinishi bilan birga yuqori yorug’lik o’tkazuvchanlikni ta'minlaydi.

 Qamrovi keng bo’lgan oynalangan yuzalarni yaratish imkoni (turar-joy, ofis va boshqa binolarning fasadlari)

•  Shakl va o'lchamlarning keng tanlovi, dizaynning xilma xilligi. Bu sizga fasadlarning tashqi qoplamasini eng samarali va uyg'un tarzda ishlab chiqarish imkonini beradi.

•  Ishonchlilik, uzoq muddat xizmat qilishi,korroziyaga chidamlilik, mahsulotning butun hayoti davomida jozibali ko'rinishni saqlab turishi.

 Alyumin derazalar uchun hamyonbop narxlar.

 

IMZO deraza romlarini sotib olish

 

Bizning kompaniyamiz ishlab chiqaruvchidan eng yaxshi shartlar asosida alyumin deraza romlarini taklif qiladi. Katalogda eng yuqori sifatli mahsulotlar uchun turli xil variyantlar mavjud. Ishlab chiqarish jarayoni puhta tashkillashtirilgani tufayli, biz alyumin oynalash eng yaxshi narxlar asosida amalga oshirilishini ta’minlaymiz.

 

Bozordagi faoliyati davomida kompaniya turli xil murakkablik va hajmdagi yuzlab buyurtmalarni aniq va o'z vaqtida hamda sifatli qilib bajargan. Alyumin oynalarini arzon narxlarga va mukammal sifat kafolati bilan qayerda buyurtma qilish va sotib olish mumkinligini qidiryapsizmi? IMZO bilan bog'laning!

 

А теперь поделитесь с друзьями:

Популярные статьи
Выбор покупателей
Bugungi kunda qurilish texnologiyalari binoning old qismiga zamonaviy koʻrinish berish va eng murakkab va chiroyli meʼmoriy yechimlarni roʻyobga chiqarish imkonini beradi. Oxirgi oʻn yillikda binolarning tashqi koʻrinishini bezash sifatida juda faol ishlatila boshlangan oyna keng ommaboplikka erishdi va dunyo meʼmorchiligida haqiqiy eʼtirofga sazovor boʻldi.
Chivin toʻrlarning zamonaviy uyda tengi yoʻq. Ochiq derazalar orqali uyga kirib qolgan chivin va boshqa hasharotlar esa yashovchilarga noqulaylik tugʻdirib, bolalarni qoʻrqitishi mumkin. Bizning koʻzi mitti toʻrlarimiz hasharotlardan samarali himoyalab, havo oʻtishiga toʻsqinlik qilmaydi. Chivin chaqishi va qichishishlar toʻgʻrisida unuting – oqshomgi salqindan bahramand boʻling, uyni kislorodga toʻyintiring va xonalarni shamollating.

Foydali maqolalar va yangiliklar

O’z ideal romingizni tanlang
Спасибо!

Ваша заявка принята в обработку, наш оператор свяжется с вами в ближайшее время.