Issiqlik energiyasini saqlovchi derazalarning foydasi qanday

06 August 18 Время чтения: 5 мин

Ko’pchilik deraza o’rnatayotib, uning ko’rinishiga va mustahkamligiga e’tibor qaratadi. Kamdan-kam odamlar uning issiqlik energiyasini saqlash xususiyatiga ahamiyat berishadi. IMZO ekspertlari issiqlik energiyasini saqlovchi derazalar nimadan yasalgani va ular qanday qilib issiqlikni tejashda yordam berishini aytib o’tishdi.

Oddiy derazalar uydagi 40% issiqlikni chiqarib yuboradi. Issiqlik energiyasini saqlovchi derazalar o’rnatilgan uylarda bu holat 10% ga kamroqni tashkil etadi. Bu, faqatgina, uyni isitish yoki sovutishga ketadigan chiqimlarni kamaytirib qolmay, balki tashqi muhitga keltiriladigan zararni ham qisqartiradi.

Bunday derazalarda quyi emissiyali (i - oynalar) oynalardan foydalaniladi. Ichki qatlamiga maxsus kumush kukuni sepiladi,bu tashqaridan yorug’lik kirishini va ichkaridagi issiq yoki sovuq havoni chiqib ketmasligini ta’minlaydi.Shu tarzda ichkaridagi kerakli havo harorati uzoq muddat saqlanib qoladi.

Kumush kukuni tashqaridan keladigan infraqizil nurlarga qarshi vosita hamdir. Shuningdek, quyi emission oynalar uzun to’lqinli nurlanishlardan saqlaydi. Tashqarida havo harorati issiq yoki sovuq bo’lishiga qaramay, oynalar sabab bu xona haroratiga ta’sir qilmaydi. Shuning uchun ham, yozda xona salqin, qishda issiq bo’ladi. I-oynalar boshqa oynalarga nisbatan yanada shaffofroqdir.

Issiqlik saqlovchi derazalar tarkibiga argon inert gazi ham kiradi. Uning zichligi kislorod zichligidan yuqori, shu sababdan bunday derazalar shovqin va sovuqni kamroq o’tkazadi. Shuningdek, argon inson salomatligi uchun mutlaqo xavfsiz va uzoq vaqt shaffofligini yo’qotmaydi.

Issiqlik energiyasini saqlovchi derazalarni o’rnatgan odamlar xonani isitish yoki sovutish uchun boshqalarga qaraganda kamoq xarajat qilishadi. Xonada qulay harorat uzoq vaqt saqlanib qoladi va konditsioner yoki isitkichni yoqib qoldirishga ehtiyoj bo’lmaydi. Havo qurib qolmaydi va bu boshqalar salomatligi uchun foydali. Deraza tanlayotganda, albatta, issiqlik energiyasini saqlovchi xususiyatlariga ahamiyat bering.

 

А теперь поделитесь с друзьями:

Популярные статьи
Выбор покупателей
IMZO Trio 6000 derazalariga Oʻrta Osiyo iqlimi aslo qoʻrqinchli emas! Biz, barcha asosiy talablarga rioya qilgan holda mustahkamlik va germetik zichlikka alohida eʼtibor qaratdik. Ushbu lineyka profillari issiqlikni koʻproq ushlab turadi va oddiy plastik derazalarga qaraganda uzoqroq xizmat qiladi. Bu xususiyati ularni shourumimizda eng ommaboplaridan biriga aylantirdi. Agar ishonchlilik, oddiylik va qulaylikni yoqtirsangiz, IMZO Trio derazalarini tanlang.
Thermo 78 “Engelberg” – shahar xonadonlari va shahardan tashqaridagi uylar uchun eng zamonaviy taklifdir. Thermo 78 modeli atrof-muhit taʼsirlari va ogʻir iqlim sharoitlariga yuqori chidamliligi bilan farqlanib turadi. Bundan tashqari, u Oʻzbekistonning iqlim sharoitlariga moslashtirilgan: quyoshda hech qanday kuyib qolish holati boʻlmaydi va sovuq hamda jaziramadan ishonchli himoya qiladi.

Foydali maqolalar va yangiliklar

O’z ideal romingizni tanlang
Спасибо!

Ваша заявка принята в обработку, наш оператор свяжется с вами в ближайшее время.